Kasallikni davolagandan oldini olmoq lozim

Date:

Bundan avvalroq qishloq vrachlik punktlari tarmog‘i yaratilgan edi. O‘sha paytdagi sharoitda mazkur tizim katta yutuqqa aylangani bor gap. Ammo, shu bilan cheklanib qolmay, endilikda butun jahon tibbiyotida kasallikning oldini olish, profilaktika qilish ustuvor maqsad sifatida qo‘yilgani holda, yangicha qoidalar asosida faoliyat yuritilmoqda. Shuningdek, tezkorlik, bemorlar uchun qulay sharoit yaratish va boshqa yo‘nalishlardagi tamoyillarda ham zamon talablari o‘zgargan. Endilikda kasallikni davolash emas, oldini olish — xastalikka sabab bo‘luvchi omilni oldindan aniqlab, uni bartaraf etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Buni esa tibbiy patronaj xizmati bilan oilalarga kirib borgan holdagina amalga oshirish mumkin. Patronaj xizmati homiladorlar, go‘daklar, yosh oilalar, keksalar, nogiron hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uy sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimidir. Shuningdek, patronaj xizmati rivojidan, avvalo, onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘liq patronaj tizimi bilan qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jumladan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib etish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Bu borada Prezidentimizning qarori qabul qilinib, ushbu qaror birlamchi tibbiyot muassasalari joylashuvini oqilona tashkil etish, ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilash, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Bu borada patronaj hamshiralarimiz zimmasiga aholi salomatligini har bir xonadonga tashrif buyurib, kasal yotgan bemorlarni ahvolini tekshirib, kasallikni erta aniqlab, ularga poliklinika tomonidan ajratilgan dori-darmonlarni yetkazib berish hamda tushuntirish ishlari olib borilsa, maqsadga muvoffiq bo‘lardi. Surxondaryo viloyati hokimi Qiziriq tumaniga tashrifi davomida oilaviy poliklinikada bo‘lib, qabul qilingan qarorning ijrosidan kelib chiqqan holda patronaj xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mavjud holatni tanqid qildi. Kasalliklarni aniqlashdan, ularni davolashgacha bo‘lgan samarali tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Oldingi sahifa“Shashlik day”
Keyingi sahifaSinov samara berdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammoga zamonaviy yechim bor

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida...

Uchrashuv

Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, kun juda issiq, g‘ir etgan...

Ovozi baralla yangradi

San’atning sehri, jozibali ohanrabosi bor. Ayniqsa, milliy san’atimiz, xalq...

USTOZ – KOMILLIKKA YETAKLAYDI

Ustoz — millatni ulug‘likka yetaklaydi, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradi....
KunTun
KunTun