Trening qizg‘in kechdi

Date:

Darsning nechog‘lik qiziqarli o‘tishi, o‘quvchilar e’tiborini torta bilish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq. U qo‘llaydigan metod va yondashuv ham bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fan chet tillaridan biri bo‘lsa, u holda bu mas’uliyat bir necha barobar ortadi degani. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz shahrida viloyatning barcha hududlaridan kelgan ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
CoP trening sessiyalarini yuqori saviyada tashkil qilish uchun “English Speaking Nation: Secondary Teacher Training” dasturining to‘rtinchi bosqichi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur trening bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi. Xorijda malaka oshirib qaytgan trenerlar tomonidan ishtirokchilarga sohaga oid zarur ma’lumotlar berildi. Shuningdek, turli qiziqarli mashg‘ulotlar asosida seminar yanada mazmunli bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirish va bu orqali ta’lim sifatini yaxshilashdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun