Maktabning qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Maktabda o‘quvchi soni ko‘p bo‘lib, sinfxonalar yetishmasa, bu ta’lim sifatiga ta’sir qilishi aniq. O‘quvchi darsda qanday mavzu o‘tishiga qiziqsinmi yoki keyingi dars qayerda o‘tishini o‘ylasinmi? Bu yoshlarni chalg‘itib qo‘yishi, darslarga bo‘lgan e’tibori va qiziqishini susaytirishiga olib keladi. Bandixon tumanidagi 24-sonli maktabda ham ayni shunday holatni kuzatish mumkin edi. Yaxshiyamki, ushbu muammo o‘z vaqtida bartaraf etilib, maktabga qo‘shimcha bino quriladigan bo‘ldi.
Qisqa fursatlarda qurilish, ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkazilib, bino va sinfxonalar zaruriy jihozlar bilan ta’minlanib, barcha shart-sharoitlar yaratilgach, maktabga qo‘shimcha 2 qavatli 180 o‘rinli maktab binosi foydalanishga topshirildi. Maktabning ochilish marosimi barchani quvontirdi. Endi o‘quvchi-yoshlar keng va yorug‘, shinam sinfxonalarda saboq olishadi.
Maktab faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda mas’ullar mazkur maktabning tantanali ochilishida ishtirok etishdi. Shuningdek, maktabda yaratilgan inkoniyatlar hamda “Ma’naviyat sektori” da tashkil etilgan ishlar holati bilan tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun