Yurtimizda IT sohasiga katta e’tibor qaratilgan. Har o‘n nafar yoshdan 7-8 nafari o‘z kelajagini ayni soha bilan bog‘layotgani ITga bo‘lgan qiziqish qay darajada ekanidan dalolat beradi. Sohani rivojlantirish, yoshlarni bilim va malakasini oshirish, axborot texnologiyalaridagi xizmat ko‘rsatishi uchun kadrlar tayyorlash oldimizga turgan muhim masalalardan sanaladi. Buning uchun albatta, sohada tajribali, keng imkoniyatlarga ega mutaxassis va kompaniyalarning ko‘magida ishonamiz. Aks holda maqsadga yetish oson emas. Ayni maqsadda Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov Toshkent shahrida xizmat safari davomida “MAAB Innovation” kompaniyasi rahbari Sherzod Ibragimov bilan IT sohasida o‘tkazgan muzokarasi yakunida manfaatli kelishuvga erishdi.
Sohaga qiziquvchilar uchun qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, “MAAB Innovation” kompaniyasi axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksportini oshishiga hamda respublikamizning barcha hududlari va chekka mahallalarida Business Intelligence (BI – ma’lumotlar bazasi tahlili) yo‘nalishi bo‘yicha mukammal onlayn o‘qitish tizimini yo‘lgan qo‘yish orqali BI yo‘nalishida dunyoda eng so‘nggi talabgir texnologiyalarni o‘rgatish natijasida yuzlab iqtidorli yoshlarimizni ish bilan ta’minlagan kompaniya hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar, “MAAB Innovation” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan online bootcamp orqali Amerika va O‘zbekistonda jami 700 dan ortiq talaba Data Analytics va Data Engineering yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olib, muvaffaqiyatli tamomlashgan hamda ularning 99 foizi yirik kompaniyalarga ishga joylashib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Dunyo bo‘yicha BI sohasida ishlaydigan mutaxassislarga bo‘lgan juda katta taqchillikni inobatga olgan holda, yoshlarimizga ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishi uchun yanada qulay sharoit yaratib berish maqsadida, “Microsoft”ning rasmiy hamkori hisoblangan Amerikaning DIS kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda BI yo‘nalishida yagona bo‘lgan offline “MAAB Academy” bootcampi tashkil etildi va 2024-yilning fevral oyida ochilishi rejalashtirgan.
Manfaatli kelishuvga erishildi
Date: