Hunardan unar…

Date:

Hunar, hunardan unar degan gapda jon bor ekan. Qo‘lingizda hunaringiz bo‘lsa, yo‘qni yo‘ndirib, nimadir yasaysiz-da, bir-ikki so‘mlik bo‘lasiz. Hunaringizni rivojlantirsangiz, bu ishingiz sizni boy qilishi aniq. Sho‘rchilik Murod Panjiyev ham qo‘li gul hunarmandlardan. U o‘tgan yili “Yoshlar daftari”ga kiritilib, hunarmandchilik qilish maqsadida 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, o‘z ishini boshladi. 5 nafar mahalladoshini yoniga olib, kasbini o‘rgatdi, qo‘li kelishib, yordam berib boshlagach esa bandligini ta’minladi. Qarabsizki, qisqa muddatda oltovlon zamonaviy mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi.
O‘zlarida mebel ishlab chiqarilayotganini ko‘rgan-bilganlar, eshitganlar esa u yoki bu mebelni buyurtma bera boshladi. Sifatli, hamyonbop va zumda buyurtmangizni tayyorlab beradigan hunarmandlarning ishi xalqqa manzur bo‘lib, kelib-ketguvchilarning, buyurtma beruvchilarning soni oshib bormoqda. Albatta, halol va sidqidildan qilingan mehnat yerda qolmas ekan. Bunga yosh hunarmandlarning faoliyati misolida ko‘rib, amin bo‘lish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun