Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti ta’sis etiladi

Date:

San’atga, qo‘shiqchilikka qiziqqanlar uchun maydon keng. Mardi maydon bo‘lib, o‘zini sinab ko‘rishi, ovozi, iqtidorini namoyon etishi mumkin. Shu tariqa iqtidorlar kashf etilib, san’atkorlar yuzaga chiqayotir. Ana shunday yosh san’atkorlarni munosib taqdirlash, qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tanlovlar, tadbirlaru festivallar tashkil etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, estrada yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan iste’dodli yosh xonandalar uchun Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotining ta’sis etilishi esa ayni tadbirlarning davomi deyish mumkin. O‘zbek estradasining asoschisi sifatida tilga olinadigan san’atkorning nomi bilan tashkil etilgan mukofotga loyiq topilish esa har bir yosh xonandaga motivatsiya berishi, yanada ruhlantirishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun