Ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun qulaylik

Date:

Bolajonlarimiz munosib ta’lim-tarbiya oladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Ammo, shunga qaramay hamma ham farzandini maktabgacha yoshida bog‘chaga bera olmasligi, imkonsizligi yomon. Bunday holatlarning-da munosib yechimi borligi ana shunday oilalar uchun katta imkon bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.
Qolaversa, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun