Yosh sayohatchilar uchun katta qulaylik…

Date:

Har yili qishki mavsumda maktablarda hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oladigan yoshlar uchun qishki ta’til berilib kelinayotir. Ular esa bundan nihoyatda mamnun holda ta’tilni intizorlik bilan kutib, ushbu kunlarni qanday o‘tkazishni reja asnosida o‘ylab qo‘yishadi. Farzandlarimizning aksariyatida vohamizning turli joylariga sayohatga borishni orzu qilishadi.


Bolajonlarimizning qishki ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etilib, viloyatimizning har bir tumanida davom etmoqda. Haftalik doirasida Termiz tumanining bir guruh yoshlari diqqatga sazovor joylari, ziyoratgoh va muzeylariga sayohat qilishdi.
Ha aytgancha, haftalik davomida yoshlar uchun yo‘l va transport xarajatlari, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalar belgilangan bo‘lib, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul bo‘layotgani yosh sayohatchilarga katta qulaylik tug‘dirayotir.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun