Yutuqlar bardavom bo‘ldi

Date:

Vohamiz bo‘ylab yoshlarimizning sport turlari bo‘yicha erishayotgan muvaffaqiyatlarini eshitib, har bir vohadoshimizning qalbi quvonchga to‘lishi aniq. Farzandlarini ham ayni ularga o‘xshashini istab havaslanishlari ham rost gap. Toshkent shahrida sportning USHU turi bo‘yicha O‘rta Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgani, unda vohamiz yoshlarining-da ishtirok etishgani ana shu xushxabarlarning davomi bo‘ldi, deyish mumkin.
Aytish joizki, chempionatda 6 ta davlatdan 1500 nafar sportchi ishtirok etdi. Angorlik yosh sportchilar ham bo‘sh kelishmadi, bor imkoniyatlarini ishga solib, munosib bellashdilar. Natija esa yomon bo‘lmadi, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Daler Shodiyev ikkinchi, Muhammad Abduxalilov, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov hamda Shamshod Bahodirovlar esa uchinchi o‘rinni egallashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun