“TA’LIM HOMIYSI” KO‘KRAK NISHONI TOPSHIRILDI

Date:

Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga qaratilgan e’tibor haqida bong urayotgan bir paytimizda, o‘qituvchi-pedagoglar ham bor kuch va mahoratini ishga solganini ko‘rib kuzatganimiz hamono oramizda sohaga homiylik qilib, sarmoya tikadiganlarning borligi ham quvonarli hol. Sariosiyo tumanining “Sebzor” mahallasida yashovchi tadbirkor Mamlakat aya Fattoyeva ana shunday saxovatpesha insonlardan. Ayaning homiyligi asosida tumandagi 82-maktabga 400 millionga yaqin mablag‘ evaziga 2022-yilda zamonaviy kutubxona qurilib, foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, bunday ezgu tashabbus joriy yilda ham to‘xtagani yo‘q, ya’ni o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi qurib berildi. Joriy yilning 16-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mazkur maktabga qilgan tashrifi chog‘ida Mamlakat aya Fattoyevaning maktab rivoji uchun qo‘shgan hissasini e’tirof etib, onaxonga o‘z minnatdorchiligini bildirgan edilar.
Mamlakat aya Fattoyevaning sohada ko‘rsatgan xizmatlari besamar ketmadi va “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun