“Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga tushdi

Date:

Yangi yilga davlatimiz rahbari tayyorlagan sovg‘a bolajonlar uchun yodda qolarli bo‘lishi aniq. “Prezident sovg‘asi” yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladi. Sovg‘alar o‘z egalariga yetkazilishi uchun “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketdi.
Azim poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbirlar nihoyasiga yetgach, tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ma’lumot sifatida aytish mumkinki, umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan. Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
“Prezident sovg‘asi”ni intiqlik bilan kutayotgan bolajonlar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda olishadi.

Oldingi sahifa“Yangi yilda yuz kitob”
Keyingi sahifaEhson

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun