Yana bir yosh uyli bo‘ldi

Date:

Mehmonda yoki safarda bo‘lsangiz ham uyingizga qaytgingiz keladi. Ana shunday paytda tilimizda beixtiyor o‘z uying, o‘lan to‘shaging degan naql kalimadek takrorlanadi. Ha, uy ana shunday qiymatga ega hayotimizda. Afsuski, hammaning ham qo‘nim topadigan, borishga talpinadigan uyi, boshpanasi bo‘lmaydi. Ba’zi insonlar hayotning ana shunday sinovlari, ming bir chig‘iriqlaridan o‘tishiga sinashta bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Ammo, nima bo‘lganda ham yurtimizda hech bir inson e’tibordan, g‘amxo‘rlikdan chetda emas. Davlat, ayniqsa, bunday bolalarni yolg‘izlatib qo‘ymaydi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida turtki bo‘ladi. Tojiddin Murodullayev hayotida ham shunday bo‘ldi. Shunga qaramay, bugun uning quvonchi cheksiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktyabrdagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligida mas’ullar Tojiddin Murodullayevga tumanning “Afrosiyob” mahallasi Furqat ko‘chasida joylashgan koʻp qavatli uylardan birining xonadoniga tegishli bo‘lgan ramziy kalit va hujjatlarini tantanali ravishda topshirildi.
Endi Tojiddin o‘z uyida bekamu ko‘st, farovon hayot kechiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun