“Turk tili markazi” tashkil etiladi

Date:

Bugun o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir yosh chet tillarini o‘rganishga kirishgan. To‘g‘ri-da, kim ham o‘zi uchun imkoniyatlar eshigini ochishni istamaydi deysiz. Ingliz, nemis, fransuz, turk tillarini bilish, o‘sha tillarda so‘zlashuvchi davlatlarda o‘qish, ishlash imkonini beradi. Til o‘rganish uchun malakali va ishonchli o‘quv markazlariga borish o‘rganishni tezlashtiradi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti vakillari Turkiyaga tashrifi davomida Hacettepe universitetining Turk tili o‘qitish markazida ham bo‘lishdi. Delegatsiya aʼzolari Hacettepe universitetining Turk va xorijiy tillar o‘qitish markazi direktori professor Dr. Mustafo Durmus va Turkshunoslik ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Yunus Koc bilan muzokaralar olib bordi.
Jarayonda 2024-yil yanvar oyidan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Turk tili markazi” tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Mazkur til markazida Hacettepe universitetining yetakchi mutaxassislari, filolog olimlar dars oְ’tadi. Markazda o‘qib, turk tilini yaxshi o‘zlashtirgan talabalar bahorgi semestrda Hacettepe universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun