“Mening huquq va majburiyatlarim”

Date:

Maktab o‘quvchilari maktabda nafaqat ta’lim-tarbiya oladi, balki turli musobaqa, ko‘rik-tanlovlar, tadbir va uchrashuvlar orqali bilim-salohiyatini sinovdan o‘tkazadi, iqtidorini yuzaga chiqarib, jamiyatda faol va tirishqoq bo‘lib shakllanadi. Ularni birinchi navbatda vatanparvar, ezgulikka oshno qilib tarbiyalashda, vatan menga nima berdi deb emas, men vatanga nima berdim tamoyili ostida ulg‘ayishiga xizmat qilguvchi tadbirlarning ahamiyati katta, albatta. Ayni maqsadda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” mavzusidagi tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi. Huquqiy bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi shartlarda ishtirokchi jamoalar faollik ko‘rsatib, savollarga javob berishdi. Ayniqsa, mavzuga oid sahna ko‘rinishlari barchaning e’tiborini tortdi. Natijalarga ko‘ra 1-o‘rin Boysun tumani 5-maktabning “Femida” jamoasiga nasib etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar boshqarmaning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun