“Konstitutsiya erkinligimiz kafolati”

Date:

Sherobod tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” yuqori saviyada nishonlandi. Tadbirda eng avvalo, konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan chiqishlar qilindi. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilar erishayotgan natijalar e’tirof etildi.
Tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan “Konstitutsiya erkinligimiz kafolati” mavzusida ijodiy ishlar tanlovida esa o‘quvchilar faollik ko‘rsatishdi. Aytish kerakki, o‘quvchilar yozgan insholarda konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni, moddalar tahlili mustaqil fikrlar va munosabatlar bilan boyitilganki, bundan bugungi zamon yoshlarining nechog‘lik bilimliligini, qonunlarimiz va amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini tuyish mumkin.
Ijodiy ishlar tanlovining yakunida tashkilotchilar tomonidan tanlovda faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun