Kitobxonlar saralandi

Date:

Kitob o‘qishning foydasini kitobxon yoshlar yaxshi biladi. Mutolaaga oshno ko‘ngillarni sinov maydoniga jamlagan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi esa eng yaxshi kitobxonlarni kashf etib, keng ommaga ma’lum qilishga xizmat qilib kelmoqda. Albatta, sovringa qo‘yilgan avtomashinadan-da qimmatli xazina bu o‘qigan kitoblarimiz bergan ma’naviy ozuqadir. Aslida bu tanlovda mag‘lub yo‘q. Kitobga do‘st tutingan har bir ishtirokchi ko‘zlagan maqsadlari sari boshlagan yo‘lining qayerida bo‘lmasin, ular g‘olib, to‘g‘ri yo‘lda.
Bu yil ham “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bahslari qizg‘in tusda bo‘lib o‘tdi. Berilgan shartlarda o‘z bilimlarini, tavsiya etilgan asarlarni nechog‘lik o‘qib uqqanlarini namoyish etgan yoshlarning fikrlari tomoshabinlar va hakamlar hay’ati e’tiboridan chetda qolmadi. 5-19 yosh toifasida muzrabotlik Feruza Normamatova birinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 20-30 yosh toifasida gʻoliblik Uzun tumanidan ishtirok etgan kitobxon yosh Fazilat Diyorovaga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun