Navbatdagi qabul…

Date:

Har bir insonning o‘ziga yarasha muammosi bor va bunday muammolarning yechimi, albatta, mablag‘ga borib taqaladi. Ularga munosib yechim topish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida tez-tez xalq qabullari tashil etilib kelinmoqda.
Navbatdagi qabul Termiz tumanida tashkil etildi va aholi muammolarini manzilli o‘rganildi. Unga ko‘ra aholining ichimlik suvi, uy joy masalalari, imtiyozli kredit olish, davolanish uchun moddiy yordam ajratish bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi. Qabul davomida 14 nafar fuqaroning murojaati tinglandi va shu yerning o‘zida hal etildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi va ijrosi hokimiyat tomonidan nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz tuman hokimining shaxsiy qabuli haftaning har dushanba kunlari o‘tkazilib, fuqarolarning muammo va takliflariga quloq tutib kelinmoqda.
Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida...

Muhim qulayliklar

Muzrabot tumanida yirik loyiha doirasida mahalla guzari, to‘y va...

Platforma faolikka chorlaydi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda joriy 1-maydan...

Bu chollar — yomon chollar

So‘nggi yillarda giyohvandlikka qarshi keskin kurashilayotgan bir paytda,...
KunTun
KunTun