Lora uskunalari o‘rnatildi

Date:

Sirdaryodagi “Sardoba” suv ombori fojiasini eslasak, tanamiz jimirlab, ko‘zimizga yosh keladi. Qanchadan-qancha insonlar boshpanasiz, yosh bolalari bilan ko‘chada qoldi. Albatta, davlatimiz tomonidan ularga kerakli yordam ko‘rsatildi. Ammo, bu ofat xalqni bir bor sinovdan o‘tkazdi. Bundan tegishli xulosa chiqargan xalqimiz, davlatimiz sergaklandi. Ana shunday hodisalarning oldini olish maqsadida Prezidentimiz qaroriga asosan, O‘zbekistondagi barcha suv ommborlari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, ya’ni (lokal xabar berish) uskunalari o‘rnatila boshlandi. Aytish kerakki, ushbu aqlli suv o‘lchagichlar suv chiqish qurilmalarini avtomatlashtirib, tizim bevosita MChSning yagona kuzatuvida bo‘ladi. Natijada, har qanday ko‘ngilsizlik va ofatlarning oldi olinib, xalq osoyishtaligi ta’minlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 601-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumanidagi «Uchqizil» suv omborini rekonstruksiya qilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida favqulotda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish uchun (LORA) uskunalarini o‘rnatish va avtomatlashtirish ishlari amalga oshirildi. Loyiha doirasida 1720 metr to‘g‘on, ya’ni damba ustini asfaltlash ishlari “Milliy qurilish ta’mirlash” MCHJ korxonasi tomonidan amalga oshirildi.

Dinara Quzimurotova

Oldingi sahifaYangi qiyofa kasb etib…
Keyingi sahifaQulay va tejamkor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Daromad va ibrat

Aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish bugungi kunda...

Yoshlar va sun’iy intellekt

Termiz shahrida Umummilliy AI Hackathon rasmiy ochilish marosimi va...

Mini-transport uchun ham guvohnoma

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nafaqat...

Ustoz-shogird an’anasi asosida

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi”...
KunTun
KunTun