Dardingizga malham bo‘lamiz

Date:

Tan olish kerakki, betob bo‘lib og‘rib qolsangizu kissangizda pulingiz bo‘lmasa, o‘zingizni tekshirtirib, kerakli muolajaa olishga borib o‘tirmaysiz. O‘zingizcha, shifokorni rozi qilib, bir-ikki so‘m choy puli berish odatu an’anaga aylanib qolgan-da. Holbuki, so‘rashmasa ham…
Ana shunday paytda dardingizga malham bo‘lamiz deya shifokorlarning o‘zlari kerakli uskuna va texnologiyalari bilan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mahallangizda hoziru nozir bo‘lishsa, joningizga ora kirishi aniq. Sariosiyo tumanidagi Tibbiyot texnikumida ham aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatni oshirish va inson qadrini ulug‘lash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining malakali shifokorlari, shuningdek, viloyat tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Sog‘ligidan shikoyati bor tuman ahli borki, tibbiy ko‘rikka kelib, tekshiruvlardan o‘tishdi va kerakli muolajaalarni olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo...

Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari...

Hashar – birdamlik timsoli

Yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom...

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...
KunTun
KunTun