“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida

Date:

Pensiyaga chiqsam, dunyo kezaman, sayru sayohat qilaman deyishsa, to‘g‘risi ularga havas bilan termulamiz. Albatta, keksayganda ham o‘zingiz uchun sevimli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish, zavq-shavq olish hayotga mazmun bag‘ishlaydi. Ana shunday mazmun baxsh etadigan sabablar esa istak bo‘lsa topiladi. Shu maqsadda keksalarni e’zozlash, har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning katta hayotiy tajribalaridan oqilona foydalangan holda, ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sho‘rchi tumanining “Xushchekka” mahallasida “E’tibor-e’zoz-ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Shundan so‘ng, 45 nafar mehnat faxriylari Samarqand va Buxoro viloyatlariga sayohat uchun yo‘lga chiqishdi. Ular sayohat bahonasida qadimiy shaharlardagi ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan qadamjo va ziyoratgohlarni ziyorat qilib, e’tiborga molik go‘shalarda bo‘lishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun