Mehnatdan baxt topib…

Date:

Bozor rastalaridan o‘rin olgan mevalar ichida uzum ayni paytda pishib yetilib, mazali ta’mi bilan xaridorgirligi oshgan. Albatta, uzum yetishtirish ham oson emas, hozir uzilgandek ko‘rinadigan uzumning mehnati uning ta’mi mazali bo‘lishini ta’minlaydi. Qarov joyida bo‘lsa, uzum donalari yirik-yirik bo‘ladi. Aks holda hosildan ko‘nglingiz to‘lmasligi aniq. Bordi-yu, suvini keragidan ortiq bersangiz, uzum suvli bo‘lgani bilan ta’mi unchalik bo‘lmaydi. Shu sababdan ham me’yorni bilish kerak.
Sho‘rchilik Meliboy Omonov tomorqasidagi 3 sotix yer maydoniga uzum ekib, uzumchilikning e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlarini yaxshi bilib qolgan. Asosiy daromadi ham shu uzumdan. Bu yil ham tomorqasida ishlar samaradorligini oshirgan bog‘bon ayni paytda uzumning hosilini yig‘ib olishga shay. Xaridorlar ham tayyor bo‘lib, har yili aynan Meliboy akaning uzumlarini olishga odatlanishgan.

Oldingi sahifaBizga maktab kerak…
Keyingi sahifaSubsidiya ajratiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun