Bizga maktab kerak…

Date:

Haqiatan ham bizga maktab kerak. Farzandlarimiz, yosh avlod bilimli, salohiyatli, ko‘ngil ko‘zi ochiq, ma’rifatli bo‘lib yetishishi kerak. Shu sababdan ham o‘g‘il-qizlarimizning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratib, qattiqqo‘llik bilan yondashayapmiz. Barcha fanlarni puxta o‘zlashtirib, til o‘rganishsin. Ilm-fanda, texnologiyada muvaffaqiyatga erishishsin.
Taniqli adib va dramaturg Qo‘chqor Norqobilning “Bizga maktab kerak… yoxud Zamon Avloniysi ” dramasi ham ana shunday maqsadni ko‘zlagani bilan keng jaoatchilik e’tiborini torta oldi. Drama premyerasi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.
O‘qituvchi va maktab ulug‘langan, muallimni chin ma’noda zamon qahramoni darajasiga ko‘targan ushbu asar yurtimizda Ustoz haqidagi ilk eng yaxshi sahna namoyishlaridan biri bo‘ldi va murabbiyga qo‘yilgan ulkan haykal deya e’tirof etilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun