Gullar tanlovi bahonasida…

Date:

Qayga boqmang, ayni kuz — xazonrezgi paytida ham chor atrofda ko‘zni quvnatguvchi turli xil rangdagi gullarga nigohingiz qadaladi. Kishi qalbini bahoriy kayfiyat chulg‘ab oladi. Chumolidek mehnatkash voha ahlining “Yashil makon” umummilliy loyihasi bahonasida tinim bilmay borliqni yashillikka, gulga burkashga tushib ketganining sababi ham shundan.
Mana shunday zavqli jarayonni kuzaatgan Jarqo‘rg‘on tuman hokimi Elmurod Avazov ezgu tashabbusga qo‘l urdi. U tuman hududini obodonlashtirish maqsadida gullar tanlovini o‘tkazmoqda. Bu esa tuman ahlining zavqini, shijoatini oshirgan shekilli, barcha o‘zi yashaydigan hududni eng go‘zal va nafis, anvoyi gullarga burkashga tushib ketgan.
Tanlovda tumanda mavjud bo‘lgan barcha tashkilot va korxonalar o‘z hududida daraxt ko‘chatlari bilan birgalikda turfa xil gullar ekishi, parvarishini belgilangan bo‘lib, ayni talablar asosida g‘oliblar aniqlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun