Surxondaryoda Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

Date:

Gap qishloq ayoli haqida ketganda yuzida samimiyat va soddalik mujassam, mehnatkash va tinib-tinchimas nozik xilqat egasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ha, nozik xilqat egalari deya ta’riflasak-da, qilayotgan ishlarida, harakatida erkaklardan qolishmayotgani, ildam va zamon bilan hamnafaslik seziladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi yig‘ilishida 15-oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida nishonlash taklifi ma’qullangan. Yurtimizda ham har yili sana munosabati bilan qishloq ayollari kuni bayram sifatida nishonlanib kelinadi.
Termiz shahrida ham viloyatimizning hududlaridan tashrif buyurgan qishloq ayollari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etishib, sana munosabati bilan qishloq ayollarini tabrikladi va faol xotin-qizlarga esdalik sovg‘alarini tantanali topshirdi.
To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirda namoyish etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga bayramona va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun