209,1 million dollarlik savdo shartnomalari imzolandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasida bo’lib o’tayotgan “O‘zbekiston–Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi”da ishtirok etayotganidan xabaringiz bor. Delegatsiyamiz a’zolari qator tadbirlarda ishtirok etish bilan birga, forum doirasida tashkil etilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan ham tanishishdi.
Hududlar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy-investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, hamkorlikdagi yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazildi va bir qancha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, jami qiymati 209,1 million dollar bo‘lgan savdo shartnomalari imzolandi va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, viloyatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya Qozon shahridagi ko‘p qavatli turar joylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati, bu boradagi tajribalari hamda amalga oshirayotgan yangi loyihalari bilan tanishishdi. Sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va BSKlar bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun