SHUKRONALIK KELTIRILDI…

Date:

Uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarziga rioya qilishdir. Yoshi ulug‘larimiz o‘zlarini doimiy uy yumushlari bilan andarmon qilishganida keksalik gashtini surib, dam olsalar bo‘lmaydimi, degan xayolga boramiz. Aslida esa ana shunday doimiy harakatda bo‘lish sog‘lom bo‘lish uchun birinchi qadamdir.
Azaldan kattalarni hurmatlab, e’zozlab, yoshlarni izzatlaydigan xalqmiz. Doimiy tarzda yurtimizda “Keksalar haftaligi”ning o‘tkazilib kelinishida ham ana shunday hikmat bor. Oltinsoy tumanida ham tuman hokimi B.Maxmatraemov boshchiligida va “Nuroniylar jamg‘armasi” tuman bo‘limi raisi Yu.Hakimov tomonidan “Keksalar haftaligi”ni boshlanishi munosabati bilan bir piyola choy ustida “Nuroniylar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida “Sog‘liq uchun 5 ming qadam” piyoda yurish marafoni tashkillashtirildi va yoshlar bilan bir safda nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ham jalb etildilar. Marafon bahona keksa avlod vakillarining pur-ma’no fikrlari, nasihatlarini tinglagan yoshlar hayot saboqlarini olishgandek bo‘lishdi. O‘z navbatida otaxon va onaxonlarimiz bugungi kunda jadal sur’atda amalga oshirilayotgan respublikamizdagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga shukronalik keltirishib, yurtimiz tinchligini tilab, qo‘llarini duoga ochdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun