Bo‘lajak jurnalistlarga “oq yo‘l” tilandi

Date:

Ko‘pchilik so‘zga chechan, ijodga oshno yosh borki, jurnalistika qiziqadi. Nimadir qoralashga, ekran yuzi bo‘lishga intiladi. Yoshlarning orzu va intilishlarini munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa Surxondaryo viloyatida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqdaki, bu jurnalistikaga qiziqqanlar uchun katta maktab vazifasini o‘tayapti.
Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasi qoshida “Ishonch” teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan “Jurnalistlar maktabi” ana shunday loyihalardan biridir.

Ushbu maktabning “Iqtidorlar maktabi” toʻgaragi o‘quvchilari esa 3 oy davomida jurnalistika sirlarini, sohaga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishdi. O‘zlarini ham sinab ko‘rib, OAVda chiqishlar qilishdi. Aytish joizki, ilk urinish va chiqishlar muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Asosiysi, qisqa muddatda mutasaddi tashkilotlar o‘z ko‘zlagan maqsadlariga yetib, yosh kadrlar yetishib chiqdi deya ishonch bilan e’tirof etishayotir. Iqtidorlar maktabining faol ishtirokchilari 3 oylik kursni tamomladi. Termiz shahrida joylashgan Matbuot uyida “Jurnalistlar maktabi”ning “Iqtidorlar maktabi” toʻgaragining faol ishtirokchilari, ya’ni ilk qaldirgʻochlariga sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi va ularga ustozlar “oq yo‘l” tiladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun