Xushxabar: Oltinsoylik mirishkorlar paxta rejasini respublikada birinchi bo‘lib bajardi

Date:

Paxta yig‘im-terim mavsumi boshlangani bilan surxondaryolik terimchilar g‘ayrat va shijoat bilan terimga kirishgan edi. Oltinsoy tumani mirishkorlari mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajarishgani esa voha ahlini quvontirdi. Tumandagi 104 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2 586 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirilib, 9 886 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Bu belgilangan rejaning 101 foizini tashkil qiladi degani.
Ayni paytga qadar terib olingan g‘o‘za maydonlarida o‘rtacha hosildorlik 38-41 sentnerni tashkil etayotir. Tumanning ilg‘or fermer xo‘jaliklari bo‘lmish “Botosh lochini”, “Feruz” va “Qozonko‘l mirishkor” fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 45-50 sentner hosil yetishtirildi. Qolgan oq oltinlarni yig‘ib-terib olish maqsadida dalada paxta terimi ishlari davom etmoqda.


Albatta, ilg‘orlik, birinchi bo‘lishning ham mukofoti bo‘ladi. Surxondaryo viloyati hokimi tumandagi mavsum ilg‘orlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, erishilgan bu ulkan yutuq zamirida oltinsoyliklarning g‘ayrat-shijoati, mirishkorlik fazilatlari mujassam ekanligini ta’kidlab, fermerlar, ularga yordam bergan korxona va tashkilotlar, tumanning barcha mehnatkashlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, mavsumda faollik ko‘rsatgan mehnat faxriylari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Oldingi sahifaMashaqqatli bo‘lmasin…
Keyingi sahifaOnlayn tarzda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun