Mashaqqatli bo‘lmasin…

Date:

“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” bo‘lishi uchun eng avvalo, mahallada barcha zaruriy infratuzilmalar yaxshilangan bo‘lmog‘i, aholi turmush-tarzi, yaxshi yashashi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Birinchi navbatda suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotida muammo bo‘lmasligi shart. Boysun tumanidagi “Duoba” mahallasida ham “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” da belgilangan me’zonlardan kelib chiqib, obodonlashtirish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti “Boysun tumangaz” gaz filiali xodimlari tomonidan har qanday ob-havo sharoitida ushbu olis va tog‘li hududga o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlar yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Bundan, albatta, duobaliklarning boshi osmonda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun