Onlayn tarzda…

Date:

Insonda ishtiyoq va istak bo‘lsa, har qanday muammo va masala hal bo‘lmay qolmaydi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” Sherobod tumanidagi “Sherobod tekstil invest” MChJ binosida onlayn formatda o‘tkazdi. Dastlab, MChJning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, energiya resurslari bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi. Masalalarni hal etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.


Shundan so‘ng, hududiy studiyalar orqali davom etgan qabulda 73 nafar tadbirkorning 85 ta murojaati tinglandi. Ushbu murojaatlarning 6 tasi qabul davomida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 79 ta murojaat mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun