Quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Date:

Elektr energiyani muqobil energiya manbalaridan olish imkoni borligi, ayniqsa, bu orqali daromad ham ko‘rish mumkinligi ana shunday manbalarga bo‘lgan talabni oshirib bormoqda. Bu borada barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish choralari ham ko‘rilayotir.
Prezidentimizning “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi qarorida belgilab berilgan chora-tadbirlarga muvofiq Surxondaryo viloyatida 682 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariga quvvati 20,5 MVt, 1 405 ta tadbirkorlik subyektlariga 32,8 MVt va 3 791 ta aholi xonadonlariga quvvati 20,5 MVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilishi reja qilingan bo‘lib, hozirgi kungacha 4 738 ta aholi xonadonlariga quvvati 13,9 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi va natjada 10 700,3 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari xonadonlarda 50, 100 kVt quvvatli panellar o‘rnatilishiga, ishlab chiqarilgan elektr tokini tarmoqqa sotish hisobiga oylik daromad topishiga xizmat qilyapti. Aytish kerakki, ayni shu tartibda foyda olayotgan tadbirkorlar soni ham ortmoqda.
Viloyatimizda bu bilan kifoyalanibgina qolmay, davlat-xususiy sherikchilik asosida ko‘p qavatli turar joylarda ham turli hajmdagi quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun