Endi rahbarlarga xalq baho qo‘yadi

Date:

4-5 ta xodimni boshqarish uchun ham rahbarda iqtidor, layoqat va mas’uliyat kerak. Har qanday boshqaruv, ish samaradorligi ortida ko‘pning manfaati, xalqqa va vatanga xizmat yotishi kerak. Xo‘sh, bugun ana shunday hislat va jihatlar mujassam rahbarlarni taniymizmi? Qaniydi hamma ham o‘z vazifasini vijdonan va xolis bajarsa… rahbarlar xalq ichidan chiqib, xalq dardi-yu tashvishi bilan yashasa…
Talab qanchalik yuqori bo‘lsa, mas’uliyat ham shunga yarasha bo‘ladi. Ana shunday lavozimlarga munosib nomzodlar tayinansa yoki saylansa, maqsadga buvofiq bo‘larmidi. Ayni jihatlar inobatga olingan holda endi O‘zbekistonda davlat organlari rahbarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi. Farmonga ko‘ra, davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa tizimda, faoliyatda shaffoflik va adolatni ta’minlab bersa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

“Vatanimga xizmat qilaman”

Surxondaryo viloyatida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi ko‘tarinki...

Arz talabga mosmi?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 92-moddasida...

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...
KunTun
KunTun