Madaniy meros obyektlari: muhofaza qilish vaqti kelmadimi?

Date:

Madaniy meros obyektlari: muhofaza qilish vaqti kelmadimi?
Gap madaniy meros obyektlari haqida ketar ekan, albatta, vatan taqdiriga, uning madaniy boyliklariga befarq bo‘lmagan har qanday inson sergaklanishi aniq. Sababi, madaniy meros obyektlari sifatida ro‘yxatga olingan obyektlaring hammasida ham holat qoniqarli emas. Odamlarning bunday obyektlarni asrash madaniyati shakllanmaganidanmi, ana shunday joylarda uy-joy qurish, mol boqish, xullas istagan maqsadlarida foydalanish holatlari ham uchrayotgani ayanchli. Xolbuki, bunday harakat va harakatsizlik uchun javobgarlik borligi negadir hech kimning xayoliga ham kelayotgani yo‘q. Holatni to‘g‘ri baholay olish va ana shunday hudud hamda obyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish esa bugugi davr talabi deyish mumkin. Shu maqsadda Termiz shahridagi Matbuot uyida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyat hokimligi hamda aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda siyosiy institutlarning roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, deputatlar va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati, xalqaro grantlarni jalb qilishni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolarni barataraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish lozim. Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNTlar, OAV, jamoatchilik nazorati, siyosiy institutlar faoliyatining samaradorligini ta’minlashda ularning rolini oshirish va hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish xususida to‘xtalishdi.


Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga ta’sir etuvchi omillar bu tabiiy va inson faktorlaridir. Tabiat injiqliklariga dosh berib asrlar davomida yashab kelgan madaniy meros obyektlarida o‘tgan asr davomida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari so‘ngida restavratsiya va konservatsiya ishlarini amalga oshirilmaganligi, muhofaza tegralarining belgilanmaganligi, obyektlar o‘rganilgandan so‘ng ko‘milmaganligi natijasida ko‘pgina yodgorliklarimiz qor va yomg‘ir ostida qolib, vayronalarga aylangan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, unga ta’sir etuvchi inson omili natijasida madaniy meros obyektlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik holatlari natijasida ayrim madaniy meros obyektlarini yer yuzidan batamom yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi.

Sohada qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi, xususan madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan qarorlarni eng avvalo, umumxalq muhokamasiga havola etilayotganligi, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilayotganligi jamiyatda qarorlar qabul qilishda aholining huquqiy manfaatlari va rolining oshishiga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida Madaniy meros obyektlarini mohofaza qilishga doir Prezident farmon va qarorlari hamda hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik so‘rovlarining amalga oshirilishi, shuningdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan munosabatlar natijasida ayrim masalalar va muammolarga vaqtida chek qo‘yilmoqda.


Ma’ruzalarda viloyatda o‘rganishlar davomida 561 ta madaniy meros obyektlarini muhofaza hududlarida 42 ta qonun buzilish holatlari bo‘lganligi tanqid qilindi. Shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, bunda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Davra suhbatida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda davlat organlari, soha mutaxassislari va ekspertlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik nazorati va OAV vakillari, siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining faolligini oshirish va hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Davra suhbati tanqidiy ruhda o‘tdi va barcha soha mas’ullarini sergaklatira oldi degan umiddamiz.
S.Normurodova,
I.Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun