Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan

Date:

“Ochiq eshiklar kuni” har qanday kishiga umid va qiziqish uyg‘otishi aniq. Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umuta’lim maktabida Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” ham hammaning birdek e’tiborini torta oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘grisida”gi 331-sonli hamda Barkamol avlod respublika bolalar maktabining 2023-yil 29-avgustdagi 01/8-283 xatiga asosan o‘tkazilgan “Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan” shiori ostidagi “Ochiq eshiklar kuni”da 7 yo‘nalish va 60 turdagi to‘garaklarga 1450 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etildi. Yoshlarning qiziqish va layoqatiga qarab to‘garaklarga yo‘naltildi.
Yosh avlodni ma’naviy olamini boyitish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular ongiga milliy qadriyatlarimizni chuqur singdirish, iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyish qilish maqsadida olib borilayotgan bunday sa’y-harakatlar o‘z mevasini bermasdan qolmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...
KunTun
KunTun