“Maʼrifat” targ‘ibotchilari Surxondaryoda

Date:

Vatan ostonadan boshlanadi. Shuning uchun ham uning har qarich yerini, tuprog‘i-yu sarhadlarigacha muqaddas bilib asrab-avaylaymiz. Jonimizni-da tikamiz. Vatanparvarlik, vatanga xizmat qilish jangga kirish yoki sarhadlarni himoya qilish bilan kifoyalanmaydi. Ijodda, ilm-u fanda, san’atda, xullas hayotimizning har jabhasida fidokorona xizmat qilish ham vatanparvarlikdir.


Har bir harakatimiz, so‘zimiz, amalimiz, targ‘ibot-tashviqotimiz bilan xizmatga shay bo‘lsak, demak biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Hattoki, yurtimizda keng quloch yozib, o‘tkazib kelinayotgan “Vatan ostonasi” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ham ana shunday maqsad mujassam. Ayni tadbirlar Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, harbiy xizmatchilarni, qolaversa, voha ahlini vatanparvarlikka chorlab kelayotir.
Shu asosida chegaraoldi mahallalarda yashovchi yoshlarni turli yot g‘oyalar girdobiga tushib qolishini oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda anʼanalarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazish maqsadida “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari, shoir va yozuvchilar, olimlar va sanʼatkorlardan iborat ijodiy guruh Surxondaryo viloyati Termiz xalqaro aeroportida samimiy kutib olindi.


Shundan so‘ng, mehmonlarning bir guruhi Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyida bo‘lishdi. U yerda o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki ruhda davom etdi. Unda “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari, harbiylar hamda vatanimizning ertangi himoyachisi bo‘lgan yosh chegarachilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida mutaxassis olimlar ma’ruza qildilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hammaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun