Endi yod preparatlari bepul tarqatiladi

Date:

Jismoniy va aqliy faollik biz qabul qiladigan vitamin va minerallarga ham bog‘liq. Shu sababdan ham sog‘lom ovqatlanishga, foydali mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qilamiz. Ayniqsa, endigina o‘sib kelayotgan farzandlarimizning organizmi ana shunday vitamin va minerallar bilan boyib borishi lozim. Shu sababdan yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi.
Yod tanqisligi bo‘qoqning rivojlanishiga, qalqonsimon bez disfunksiyasiga olib kelishi mumkin. Bolalarda yod tanqisligining eng og‘ir oqibati, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir. Farzandlarimizga esa mutazam ravishda yod preparatlarini olib berishga xafsala qilmaymiz. Shu jihatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5198-sonli Qarori imzolandi. Mazkur Qaror doirasida 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan. 20-sentyabrdan boshlab, har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun