Qo‘li baland keldi

Date:

Surxon vohasida tug‘ilib voyaga yetgan yigit-qiz borki, Alpomish-u Barchinoydek, yuragida o‘ti, qonida qaynoqlik bo‘ladi. Jismonan chiniqsa bormi, ushlagan joyini uzmay qo‘ymaydi. Sherobodlik Anvar Abdullayev ham aralash jang san’atini o‘rganib, munosib raqiblar bilan janglarga tushib, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yoshlardan.
Sportchi Qirg‘izistonning Bishkek shahrida aralash jang san’ati bo‘yicha “OCTAGON-49” turnirida o‘zining 7-jangini o‘tkazdi. Aytish kerakki, o‘z diyorining nomi chiqqan sportchilari raqib bo‘lib, g‘oliblikka talabgor bo‘lgan jang oson kechmaydi. Bunda har qanday sportchi bor kuch va imkoniyatini ishga solishi aniq. Anvar ham xuddi shunday qildi. Qarabsizki, alp o‘g‘onning qo‘li baland kelib, qizg‘in va shiddatli kechgan jangda g‘alaba qozondi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

“Vatanimga xizmat qilaman”

Surxondaryo viloyatida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi ko‘tarinki...
KunTun
KunTun