REJA BAJARILDI

Date:

Barchamizga yaxshi ma’lumki, paxta dalalarida yig‘im-terim mavsumi qizg‘in tus olgan. Angor tumanidagi “Jalolbek Surxon” fermer xo‘jaligida 2023-yil hosili uchun 10 gektar maydonda paxta yetishtirilib, 30 tonna paxta xomashyosi topshirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi. Bu esa paxtakorlardan javlon urib, mehnat qilishni talab etadi.
Quvonarlisi shuki, fermer xo‘jaligi paxta dalalaridan birinchi terimning o‘zidayoq gektariga 30 sentnerdan hosil olindi. Bu esa tumanda birinchi bo‘lib shartnomaviy reja ortig‘i bilan bajarildi degani. Bu quvonchli voqea terimchilarning ishtiyoqini oshirib, yanada shijoat bilan paxta terishga kirishishlariga sabab bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun