Hunardan kelsa boylik…

Date:

Uyda pishirilgan non mazali va to‘yimli. Boshqa tomondan bu kunda yoki kun ora non sotib olishdan, ortiqcha sarf-xarajatlardan asraydi. Issiq non dimog‘imizga urilishi bilan ishtahamiz ochilishi aniq. Non pechida pishirilgan nondan tandirda yopilganining mazasini yaxshi bilamiz. Qadimdan non yopishda tandirdan foydalanib kelinganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu xalqimizda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anadek gap.
Bizga shirmoy nonlarni tortiq qiladigan tandirlarni yasashning ham o‘z sir-sinoati bor. Uni istagan tuproqdan yasab bo‘lmaydi. Bu Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi Ro‘ziyevlar oilasining har bir vakili yaxshi biladi. Sababi tandirchilik ularning ota-bobolaridan meros kasb-hunardir. Ular yerga tandirning qolipini olishgan bo‘lib, tandir chiqadigan tuproqdan tayyorlanib, kerakli ishlov berilgan loydan tandir yasaydilar. Tandir tayyor bo‘lgach esa xaridorlarga yetkaziladi.
— Men bu kasbni otamdan o‘rganib, farzandlarimga ham o‘rgatganman, deydi asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan hunarmand Rustam Ro‘ziyev. — Bu hunarni yarim asrdan buyon oilaviy davom etib kelayapmiz. Hunarimiz ortidan oilamizga qo‘shimcha daromad topyapmiz. Daromadimizdan to‘ylar qildik, uylar qurdik. Birovdan kam bo‘lmadik.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir inklyuziv ta’lim jarayonlarini o‘rgandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Surxondaryo viloyatida...

“Yangi O‘zbekiston” massivlari farovonlik va zamonaviy turmushni ta’minlaydi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston”...

Loyiha yakuniy bosqichda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumanning “Do‘stlik” mahallasida amalga...

Bandixonning monumenti bor

Qiziriq tomondan Bandixon tumaniga kirishda ramziy monument qad rostladi....
KunTun
KunTun