Va’da bajarildi

Date:

Har birimizning fuqaro, ota-ona yoki farzand sifatida o‘z burch va majburiyatlarimiz mavjud. Ayni shunday Muzrabot tumanidagi “Anorzor” mahallasi aholisi o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarib, yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab kelishadi. Bir so‘z bilan aytganda, mahalla soliq qarzdorligidan holi hududga aylangan.
Aytish kerakki, albatta, har bir hislatning, yaxshilikning mukofoti bo‘ladi. Xolbuki, fuqarolarning o‘z burch va vazifalarini o‘z vaqtida ado etishning ham. Shu sababli Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu mahallaga tashrifi chog‘ida mahalla nuroniylari va faollar bilan uchrashib, ishlar namunali tashkil etilganligi, fuqarolarning soliq madaniyatiga rioya etayotganligi uchun sovg‘a sifatida mahalladagi ichki yo‘llarini asfaltlab berilishini aytdi.
Qisqa fursatda va’da bajarilib, mahalladagi barcha ko‘chalarni toshlash va asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun