Ixtisoslashtirilgan maktab tanqidiy o‘rganildi

Date:

Maktablarda o‘qish boshlanay deb turibdi. Bundan o‘quvchi-yoshlarning quvonchi va hayajoni cheksiz. Ammo, intiqlik bilan kutilganiga yarasha maktab yangi o‘quv yiliga shay bo‘lmasachi? Afsuski, shunday holatlar ham uchrab turadi.
Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganar ekan, ushbu maktabda qurilish, ta’mirlash ishlari qoniqarsiz olib borilayotganligi, berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligini tanqid qildi.
Shundan so‘ng, hokim har bir topshiriqlar ijrosi kunlik o‘rganilishini, shunda ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa, javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha mas’ullarni qattiq ogohlantirdi. Umid qilamizki, ushbu maktabning o‘quvchilari ham hamma qatori yangi o‘quv yilini barcha shart-sharoitlari yaratilgan jonajon maktablarida boshlashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....

Hamkorlik yangi bosqichda

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni...

Tajriba va tarbiya maktabi

Termiz shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...
KunTun
KunTun