Xatolar tuzatildi

Date:

Yo‘lovchi sifatida chor atrofni kuzatib ketish maroqli. Ayniqsa, ko‘chalarda ilib qo‘yilgan e’lon va peshlavhalar, yozuvlarni o‘qiy turib, ba’zan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rib, buni nazoratga oladigan tashkilot yoki mas’ullar yo‘qmikan, degan xayolga borasiz. Axir, ana shu xatolarni shahrimiz yoki tumanimizga kelgan mehmon o‘qisa, savodimizga qanday baho beradi? O‘z vaqtida bu holatga e’tibor qaratib, tuzatish kiritsak, foydadan holi bo‘lmasmidi…
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sho‘rchi tumanidagi tashqi reklama vositalarini tuzatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tashqi reklama vositalarida yo‘l qo‘yilgan imloviy xatolar, shuningdek, davlat tilida ish yuritish, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori talablari tushuntirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun