SURXONDARYO BO‘YLAB O‘QUV-SEMINAR YAKUNLANDI

Date:

Kutubxona — nurxona demak. Bugungi kunda kutubxonalarga-da e’tibor qaratilib, kerakli moddiy-texnik baza va kitoblar fondi bilan ta’minlanib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan bu kutubxonalarda faoliyat olib borayotgan kutubxonachilardan o‘z ishiga mas’uliyatni oshirishlarini talab etadi. Axir, qaysidir ma’noda kitobxon yoshlar sonini oshirishda, ularni kitob o‘qishga jalb etib, mutolaaga qiziqtirishga kutubxonachilarining ham xizmati katta.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimdagi maktab kutubxonachilari uchun kaskad usulida 2 bosqichdagi o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

O‘quv-seminarlar davomida malakali mutaxassislar tomonidan kutubxonachilarga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.
Qolaversa, tajribali, mahoratli kutubxonachilarga ham navbat berilib, ularning fikrlariga quloq tutildi. Ushbu o‘quv-seminarning 1-bosqichi viloyat bolalar kutubxonasida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2-bosqichi Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tuman (shahar)larda tashkil qilinib, bunda 1200 nafardan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari qatnashdi. E’tirof etish kerakki, mana shunday o‘quv-seminarlar kutubxonachilarning tajriba almashishlarida, ish yuritishlarida o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi.

Muhabbat Rajabova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun