BOLALARNI ShOD ETIB…

Date:

Sherobod tumanidagi “Al-amin” tantanalar saroyida karnay-surnay sadolari ostida mehmonlar kutib olindi. Barcha yuqori kayfiyatda. Ayniqsa, kecha sababchilari bo‘lmish 13 nafar to‘y bolaning xursandchiligini so‘z bilan ta’riflash qiyin. Ularning yaqinlari-yu, ota-onalari ham farzandlaridan kam quvonishmayapti. Sababi tuman sektor rahbarlarining tashabbusi va homiylar ko‘magi ila 13 nafar qorako‘zning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Dastlab, bolajonlar bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida uchrashuv tashkil etilib, to‘yga to‘yona sifatida to‘ybolalarning sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, tumandagi Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy qabri ziyorat qilindi. Ezgu niyatlar qilinib, qo‘llar duoga ochildi. Sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgan bolalarning kelajagi porloq bo‘lishligi tilandi.
Mana shunday xayrli tashabbus hududlar bo‘ylab davom etayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...

Kuchlar birlashtiriladi

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor...

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...
KunTun
KunTun