Bayramga munosib tuhfa

Date:

Suv obi hayot. Uning bir tomchisini-da isrof qilmasligimiz zarur. Xolbuki, hali-hamon toza ichimlik suvi kirib bormagan xonadonlar-u hududlar mavjud. Ana shunday muammolarni bartaraf etish va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Termiz tumani “Sabzipoya” mahallasi hududida qiymati 81 milliard so‘mlik yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyhaning ishga tushirilishi natijasida Termiz tumani va Termiz shahridagi 15,5 mingta xonadon, 62 ming aholini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayni paytga qadar esa doirasida 15 ta quduq burg‘ilash, 195 ta nasos ustunlari, 4 ta transformator va 2 ta nasos stantsiyasi qurish, 4 ta nasos o‘rnatish, 2 ming metr kubli 4 ta rezervuar barpo etish ishlari to‘liq yakunlangan. Tarmoq tortish, quvur yotqizish, ichki yo‘llarni tashkil etish ishlari davom etmoqda. Quvonarlisi, loyihaning birinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida ishga tushiriladi va o‘ndan ortiq mahallalarga toza ichimlik suvi yetkazib berish boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun