Pedagogik o‘rinlar uchun…

Date:

Oliy ta’limni tamomlagan bo‘lajak pedagoglar ish qidirib, har bir maktabning eshigini qoqishiga to‘g‘ri keladi. Omadi kelib, qaysidir maktabda ish topilsa, yoshlarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars bera boshlashi mumkin. Ammo, bu vaqtga qadar ancha vaqt yo‘qotib, yangi o‘quv yili boshlanib, dars soatlari ham taqsimlanishi turgan gap. Xolbuki, o‘qishni tamomlagan hamda ish izlayotgan pedagoglar soni kam emas. Ularning sarsongarchiligining oldini olish uchun Sariosiyo tumanidagi 2-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limida bo‘sh pedagogik o‘rinlar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi hamda tuman hokimligi hamkorligida kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim sohasida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olib, Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yosh mutaxassislar, shuningdek, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan kollej o‘qituvchilari, vaqtincha ishsiz o‘qituvchilar, o‘tgan o‘quv yili davomida diplomini nostrifikatsiyadan o‘tkazgan xodimlar va zaxiraga chiqqan harbiy ofitserlarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish maqsadida tashkil etildi.
Shu kunning o‘zida 627 nafar pedagogning 213 nafarini Maktabgacha va maktab ta’limi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun