Bir emas, uch tilni o‘rganishmoqda

Date:

Bugun til bilish muhim. Shunga yarasha talab ham kuchaygan. Til bilmasangiz, oliy ta’limga o‘qishga kirish amri mahol. Magistratura haqida esa o‘ylab ham bo‘lmaydi. Til bilish sertifikatini qo‘lga kiritish uchun bir necha yil o‘rganish, mehnat qilish lozim. Albatta, ma’lum yoshda bu oson kechmasligi aniq.
Xo‘sh, til o‘rganishning eng oson yo‘li bormikan? Albatta, har qanday xorijiy tilni yoshlikdan o‘rgansa, ko‘nikma hosil bo‘ladi va til bilish darajasini oshiradi. Ana shu jihatlarga e’tibor bergan “Golden kids” maktabgacha ta’lim tashkilotida yaxshi bir tashabbusga qo‘l urdi. Ya’ni, ushbu muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlarning til o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, tajribali va bilimli pedagoglar jalb qilingan. MTTda bitta emas, naqd uchta — ingliz, rus va koreys tillari mukammal o‘rgatilmoqda.
Bolajonlar ushbu muassasada nafaqat til o‘rganishadi, balki san’atga oshno bo‘lishadi. Xorazmcha, buxorocha kabi milliy va boshqa millat raqslarini ham o‘rganib, mahorat bilan ijro etishi, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ustozlarning yutug‘idir.
Ikki qavatli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yotoqxona, oshxona, madaniyat zali, musiqa va o‘quv xonalarida bolajonlar xizmatida. Sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, zamonaviy yumshoq mebel va o‘yinchoqlar hamda o‘quv qurollari bilan to‘liq ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun