Sherobodda xandon pista pishdi

Date:

Xofiz bilgan kuyini chalganidek, har kim o‘zi bilgan, qo‘lidan kelgan, udda qila oladigan ishini qiladi. Xuddi shunday sherobodlik Saydulla Mavlonov ham dehqonchilik hadisini olgan emasmi, tomorqasiga 100 tup xandon pista ko‘chatlarini ekdi. Vaqtini, mehr va e’tiborini ayamay parvarish qildi. Qarabsizki, mehnati mevasini berib, yaxshigina hosil yig‘ib olmoqda.
E’tiborlisi, pista ko‘chatlari dehqonni qiynamaydi. U issiqqa, suvsizlika chidamli. Ushbu pista ko‘chatlarini Erondan olib kelgan Saydulla aka, endilikda ana shunday ko‘chatlarni o‘zi yetishtirishni boshladi. 15 sotix tomorqasida pista ko‘chatlarini yetishtirib, xaridorlarga yetkazib berayotganidan, rejasini amalga oshirganini bilish mumkin.
Pistaning mahalliy bozorlarda narx-navosini bilganingizdek, tadbirkor bu ishidan yaxshigina daromad olib, keyingi yil uchun reja va marrani katta olmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun