“Oltiariq tajribasi” asosida…

Date:

Tog‘ havosining ta’rifini eshitganmiz. Sof va toza havoda yetishtirilgan olmalar-u noklarning ta’mi esa og‘izda qoladigan. Ana shunday joyda uzum yetishtirilsa-chi… albatta, qand-u asal ta’mli uzumlar pishib yetilishi aniq. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023–2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Boysun tumanidagi tog‘ oldi adirliklarida “Oltiariq tajribasi” asosida uzumzorlar tashkil qilish yuzasidan “Feruzxon olmalari” fermer xo‘jaligining dala maydonida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.


Seminarda tumanda 2023-2024-yillar mobaynida Rabot, Boysun, Darband, Sayrob va Kofrun hududlarida 300 gektar maydonda uzumzorlar barpo qilish rejalashtirildi. Shuningdek, Oltiariq tumanida uzumchilik sohasida innovatsion va ilg‘or tajribalar asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilganligi, mamlakatimizda tokzorlar tashkil etish va uzum yetishtirish borasida erishilgan natijalar hamda soha istiqboli ilmiy asoslantirilgan holda tushuntirib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun