Klaviatura ovozidan…

Date:

Endigina ish boshlagan kezlarimda xabar va maqola yozish uchun avvaliga yondaftarimga yozib olar, so‘ng kompyuterga ko‘chirishimga to‘g‘ri kelardi. Kompyuterlar qarshisida ilhomim kelmay, klaviaturadan harflarni qidira turib, fikrlarim ham qochib ketardi. Xuddi shunday kompyuterdan foydalanishni bilmagan inson uchun uni tushunish juda murakkab ishdek tuyiladi. Aslida esa unday emas. Sekin-astalik bilan kompyuterda ishlash jarayonida tezkorlik bilan yozishni ham, boshqa dasturlarni ham o‘rganib oldim.
Tinib-tinchimagan britaniyalik mutaxassislar esa foydalanuvchilar tomonidan bosilgan tugmalarni tovush orqali aniqlaydigan algoritmini ishlab chiqqaniga nima deysiz? Ushbu algoritm klaviaturada bosilgan tugmalarni ularning tovushidan 97 foiz aniqlik bilan ajrata oladi. Bu usuldan foydalanib, xakerlar barcha yozilgan xabarlarni o‘qishi mumkin. Maxfiylikning buzilishi ma’lumotlar va parollarning xavfsizligiga ham daxl qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun